Sudlarda fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish to‘xtagani yo‘q
Oliy sud Rayosatining 2020 yil 20 martdagi RS-13-20-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish to‘xtatilgan edi.
Ammo viloyat sudlari tomonidan fuqarolarning roziligi va barcha karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish boshlandi.
2020 yil 16 martdan 29 may holatiga fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudlari tomonidan 2 843 ta fuqarolik ishlari va sud buyruqlari ko‘rib tamomlangan. Jumladan, 2 720 ta birinchi bosqich fuqarolik ishlari, 414 ta sud buyrug‘i, 39 ta apellyasiya va 84 kassatsiya tartibidagi fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlangan.
Bugungi kunda Respublikamizda epidemiologik holat yaxshilanayotganligi tufayli sudlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilib, ishlarni ko‘rishga tayinlashda har bir hududdagi epidemiologik vaziyat inobatga olinyapti. Shuningdek, o‘rnatilgan sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish, birinchi instansiyada ko‘rish uchun tayinlangan ishlarni sayyor sud majlislarida ko‘rish, taraflarga sud qarorlarini tushuntirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyat sudi sudyalari ishlarni apellyasiya va kassatsiya instansiyalarida ko‘rishni har bir muayyan ish holatidan kelib chiqib tashkil etyapti.
Umuman, 2020 yilning o‘tgan 5 oyi davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi birinchi instansiyasida 297 ta fuqarolik ishlari tamomlangan. Shundan 278 ta da’vo qanoatlantirilgan, 17 ta da’vo rad qilingan, 2 ta ish yuritishdan tugatilgan.
Tumanlararo, tuman (shahar) sudlari tomonidan hisobot davrida 7 665 ta fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlangan. Shundan 6 982 tasi yuzasidan hal qiluv qarori chiqarilgan bo‘lib, shulardan 6.107 ta da’vo qanoatlantirilgan, 875 ta da’vo rad etilgan. 322 ta fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan, 361 ta ish ko‘rmasdan qoldirilgan.
Tumanlararo sudlar tomonidan jami chiqarilgan 1.893 ta sud buyruqlari chiqarilgan, 3 516 ta sayyor sud majlislari o‘tkazilgan.
B.NOROV,
fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi raisi vazifasini bajaruvchi.