Sudyalar oliy kengashi jurnalist va blogerlar uchun qo‘llanma chop etdi

Sudyalar oliy kengashi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun “Sudlar faoliyatini yoritishning huquqiy asoslari va o‘ziga xos jihatlari” nomli amaliy qo‘llanma nashr etildi.

Unda sudlar faoliyatida ochiqlik va shafoflikni ta’minlash, sud protsesslarini yoritishning huquqiy asoslari, bu jarayonda ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerning huquq hamda majburiyatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar jamlangan.

Mazkur qo‘llanma yaqinda Sudyalar oliy kengashi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) hamkorligida OAV vakillari, blogerlar, shuningdek, viloyatlar va unga tenglashtirilgan sudlar matbuot kotiblari uchun o‘tkazilgan ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulotlar ishtirokchilarining taklif va istaklaridan kelib chiqib chop etildi.

Qo‘llanmaning elektron nusxasini UShBU HAVOLA orqali yuklab olish mumkin.