12 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi
Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining bir guruh bitiruvchilari bo‘sh sudyalik lavozimlari uchun e’lon qilingan ochiq tanlovda ishtirok etdi.
Tanlov yakunida ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlovlar amalga oshirildi, natijada sudyalar koprusi 12 nafarga ko‘paydi.
Shunday qilib, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Qurbonov Bahodir Ibodilloyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Naimov Dilshod Qahramonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Boboyev Malik Murotovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Ibragimova Shahnoza O‘tkurovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Otaboyev Jasur Hakimjonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Agzamova Qizlarxon Baxtiyorovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Ikramov Abrorbek Kamolidinovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Tillayev Ramz Ahmadqulovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Muxtorov Xurshid Sindorovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Abduraimov Husniddin Kamoliddinovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Abduxoliqov Shavkatjon Muxamedovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati Bo‘ston tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Siddiqov Otamurod Murodjonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati.