Sudya va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Inson huquqlari sohasidagi ta’lim har bir fuqaroning inson huquqlariga nisbatan hurmatini rag‘batlantirish va unga har tomonlama rioya etilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib, zo‘rovonlik va nizolarning oldini olishda ham muhimdir.

Shu bois, inson huquqlari sohasida ta’lim berish orqali yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Ular ijrosini ta’minlash borasida Samarqand viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari bilan Samarqand davlat universiteti talabalari o‘rtasida “Sudya va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Uchrashuvda viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari Konstitutsiya mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. Xususan, unda belgilangan erkinlik, tenglik va bag‘rikenglik tamoyillari haqida aniq faktlarga asoslangan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, muloqot davomida sud jarayoni, jismoniy va yuridik shaxslar bergan ariza va da’vo arizalarning ko‘rib chiqilishi, sud hujjatlarining ijroga qaratilishi haqida ishtirokchilarning savollariga javob qaytarildi.

Sudya va yoshlar uchrashuvida ochiq sud tamoyili asosida viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasida sud majlislarini olib borilishi va sud jarayonidagi vaziyatlar talabalar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan Respublikamizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha ham fikr yuritildi.

Furqat Anarov,

viloyat sudi sudyasi.