Ayrim toifadagi fuqarolik ishlari kamaygan, ba’zilari esa ko‘p

Karantin chora-tadbirlari joriy etilishi sababli barcha sudlarda o‘tgan yilga qaraganda aksariyat fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish kamaygan.

Bu haqda fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi raisi vazifasini bajaruvchi B.Norov viloyat Matbuot uyida bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tgan.

Fuqarolik ishlari tahlil qilinganda, 162 ta mehnat nizosi (2019 yil 9 oyi 185 ta), 6017 ta oila nizolari bilan bog‘liq (7008), 515 ta uy-joy nizolari (820 ta), 1478 ta bitimlar bilan bog‘liq nizolar (1895 ta), 1314 ta yer nizolari bilan bog‘liq (247 ta), 417 ta zarar yetkazish bilan bog‘liq nizolar (458 ta), 1623 ta alohida tartibda (2941 ta), 162 ta kommunal qarzdorlik bo‘yicha zararni undirish yuzasidan (613 ta), 2 ta iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq nizolar (5 ta) ko‘rilgan.

Tamomlangan ishlar tahlil qilinganda ayrim toifadagi ishlar ko‘paygan. Jumladan, ishga tiklash bilan bog‘liq 118 ta (76 ta), fuqaroviy munosabatda fuqaroning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, hayoti, sog‘ligiga, mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq ishlar 30 ta (6 ta), uy-joyni xususiylashtirish bilan bog‘liq nizolar 86 ta (69 ta), xizmat yuzasidan berilgan turar joylardan ko‘chirish bilan bog‘liq ishlar 4 ta (3 ta), uy-joy nizolari bilan bog‘liq boshqa ishlar 37 ta (14 ta), o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish bilan bog‘liq ishlar 2 ming 603 ta (994 ta) fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlangan.

Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1406 ta ko‘p yoki 2914 ta mulk huquqi bilan bog‘liq ishlar sud majlislarida ko‘rilgan.

Sudlar faoliyatini tahlil qilish, ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash, odil sudlovning sifati va samaradorligini yanada oshirish maqsadida fuqarolik ishlarining ko‘paygan toifalari bo‘yicha umumlashtirishlar natijasida aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida 39 ta (33 ta) taqdimnoma chiqarilgan.