Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda qancha ish ko‘rilgan?

Joriy yilning 9 oyida fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi birinchi instansiyasida 312 ta, shundan da’vo tartibida 311 ta va alohida tartibda 1 ta ish ko‘rib chiqilgan. Ko‘rib chiqilgan ishlar natijasida 290 ta da’vo, ya’ni shikoyat va arizalar qanoatlantirilgan, 20 ta da’vo tartibidagi talab rad qilingan va 2 ta da’vo tartibidagi fuqarolik ishi ish yuritishdan tugatilgan.

Umuman olganda, hisobot davrida 2019 yilning mos davriga nisbatan 128 ta (2019 yil 9 oyda 184 ta) fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlangan.

Tumanlararo, tuman  va shahar sudlari tomonidan esa o‘tgan uch chorakda 14 ming 460 ta fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlangan bo‘lib, 11 ming 159 ta da’vo talablari qanoatlantirilgan, 1 927 ta talablar rad etilgan, 631 ta fuqarolik ishlari bo‘yicha ish yuritish tugatilgan, 743 ta arizalar ko‘rmasdan qoldirilgan, 655 ta ishlar boshqa sudga yuborilgan.

Ishlar yuzasidan 240 ta (2019 yilning mos davrida 522 ta) xususiy ajrimlar chiqarilgan.

Darvoqe, hisobot davrida fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman va shahar sudlari har bir sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi 80,3 (69,9) ta fuqarolik ishini ko‘rib chiqqan.