Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand sudlari olti oyda 4 milliard so‘mdan ziyod davlat bojlarini undirish yuzasidan qarorlar chiqargan
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan joriy yilning birinchi yarmida 9544 ta fuqarolik ishlari ko‘rib chiqilgan. Mazkur ishlarning 7 608 tasi qanoatlantirilgan, 1080 tasi rad etilgan. 417 tasi ish yuritishdan tugatilgan va 439 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan. 2464 ta sud buyruqlari chiqarilgan.
Ushbu davrda 116 ta nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo arizalari bo‘yicha taraflar yarashganligi sababli oilalar saqlab qolingan.
Voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan aliment undirish haqida 1 855 ta sud buyruqlari chiqarilgan.
Hisobot davrida apellyasiya instansiyasida 185 va kassatsiya instansiyasida 280 ta ishlar ko‘rilgan. Shundan jami 49 ta (0,5 %) sud qarori bekor qilingan, 21 ta (0,2%) sud qarori o‘zgartirilgan.
Davlat foydasiga davlat boji to‘lanishi yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2 milliard 127 million 474 ming 699 so‘m ixtiyoriy to‘langan davlat bojlari undirilgan. Shuningdek, 4 milliard 236 million 498 ming 192 so‘m davlat bojlarini undirish yuzasidan sud qarorlari chiqarilib, majburiy ijro byurosi bo‘limlariga yuborilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudlarida jami 34 ta sudyalik shtati mavjud bo‘lib, shundan 3 ta sudyalik shtati vakant.
Faoliyat olib borayotgan sudyalardan 1 ta sudya muddatsiz davriga, 9 ta sudya 10 yillik muddatga, 21 ta sudya 5 yillik muddatga tayinlangan.
Sudlarga elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining interaktiv xizmatlari portaliga MY.SUD.UZ elektron murojaat qilish imkoni bor.
Inomjon ABSALOMOV,
fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi katta mutaxassisi.