Payariqda o‘tkazilgan sayyor qabulda 9 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi
Viloyat sudlari raislari tomonidan Payariq tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan uchrashuv, davra suhbati va sayyor qabul tashkil qilindi. Qabul davomida 52 ta murojaat ro‘yxatga olingan.
Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisiga qilingan 11 ta murojaatdan 9 tasi ijobiy hal qilindi. Shuningdek, 2 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud raisi 16 ta murojaatchini qabul qildi. Murojaatlarning 1 tasi ijobiy hal qilinib, 10 nafariga huquqiy tushuntirish berildi. Tegishliligi bo‘yicha 5 nafar fuqaroning arizasi qabul qilindi.
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud raisiga qilingan 3 ta murojaat mualliflariga huquqiy tushuntirish berildi.
Eng ko‘p murojaat ma’muriy ishlar bo‘yicha viloyat sudi raisiga bo‘lgan. Qayd qilingan 22 ta murojaatning 2 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 20 ta murojaat ijobiy hal qilindi. Ya’ni, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 11-bandiga asosan tugatildi va 21-moddasiga asosan ogohlantirildi.
Viloyat sudlari tomonidan tashkil etilgan sayyor sudlarda 9 nafar shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi.