Surat ham go‘zallikni aks ettirolmadi!
Tongda uy derazasidan tashqariga qaradim. Birinchi qor yog‘ibdi. O‘zi sovuq esada, ko‘ngilga iliqlik beradi qor.
Bahaybat chinorning olov va oltin tusdagi barglari oppoq qorga burkanib, judayam nafis ko‘rinish bermoqda edi.
Telefonda fotoga muhrladim, ammo foto tasvirni to‘liq o‘z holicha, go‘zallikni to‘laqonli ifoda eta olmadi.
Sherzod SUVONQULOV, Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
Tahririyat: Birinchi qor doim kishiga o‘zgacha kayfiyat beradi. Qaysi sohada ishlamang, go‘zallikka oshno ekansiz, qalbingiz tabiat sirlariga oshufta ekan, buni bildirishdan uyalmang. Aziz muxlislar, ko‘nglingizdan kechayotgan fikrlarni bizga ham ulashing, manzilimizni bilasiz.