Qor yog‘di, cho‘lliklarga rizq yog‘di
- 11.01.2023 11:01
- 161
- Jamiyat
Qishlog‘imiz tuman markazidan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan. Biz yashaydigan hududlarni Qarnab cho‘l, deyishadi. Cho‘l bo‘lgani uchun ham bizda uncha-munchaga qor, yomg‘ir yog‘avermaydi.
Adashmasam, qishlog‘imizda bugungidek qor 2008 yil 8 yanvarda yoqqandi. O‘shanda qattiq sovuq bo‘lib, yer qattiq muzlagan edi.
Kecha ertalabgacha 20 santimetr atrofida qor yoqqani “osmonga termulib” yashovchi chorvador xalqimizga xursandchilik ato etdi.
Garchi, izg‘irin shamol qorni joyidan ko‘chirib, qoyalarga, soylarga surib tashlagan bo‘lsa-da, bobolarimiz, momolarimiz aytganidek, yurtimizga “Qor yog‘di, rizq yog‘di”! Axir, qor yoqqani o‘t-o‘lanlar, lalmi g‘alla-bug‘doylarimizning mo‘l-ko‘lligi, biz, cho‘pon-cho‘liqlarning farovon turmushidan darak-da!
Eshquvvat Eshnayev,
Nurobod tumani Ag‘ron qishlog‘i.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!