Svetlana Osipova taekvondo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Meksikada bo‘lib o‘tayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida Svetlana Osipova +73 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Osipova birinchi bosqichda AQSh, chorak finalda Marokash va yarim finalda avstriyalik raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi. U asosiy bahsda Isroil terma jamoasi a’zosi bilan dayanga chiqib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va chempionlikni rasmiylashtirdi.

Ushbu g‘alaba bilan Svetlana Osipova O‘zbekiston taekvondosi tarixida jahon chempioni bo‘lgan ilk ayol sportchiga aylandi.