Tachmurod Agamurodov “Dinamo”da bosh murabbiylik faoliyatini davom ettiradi
- 15.02.2020 20:58
- 195
- Sport

Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan «Dinamo» jamoasi bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Dinamo» jamoasi Akmal Xolmurodov, Bahodir Nasimov, Mirkomil Lokayev, Sardor Eminov, Dilmurod Karimov, Abbos Shodmonov, Siroj Hamroyev singari futbolchilar bilan xayrlashdi. Ixtiyor Toshpo‘latov «Metallurg» klubiga transfer qilindi. Darvozabon Botirali Ergashev «Qo‘qon-1912» jamoasiga bir yilga ijaraga berildi.
Samarqand viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, Tachmurod Agamurodov jamoadagi bosh murabbiylik faoliyatini davom ettiradi.
Uning oldiga klubni Superligaga olib chiqish vazifasi qo‘yiladi. Pro-liga yangi mavsumi oldidan jamoa tarkibiga yangi futbolchilar taklif etilishi rejalashtirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19 daqiqa avval
- Maslahat
MikroGESlar aholining energiyaga bo‘lgan talabini qondiradi
- 26 daqiqa avval
- Samarqand
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 37 daqiqa avval
- Mutolaa