Tadbirkor xaridorga nega chek bermadi?

Tadbirkorlikda muvaffaqiyatga, belgilangan maqsadlarga erishishning siri nimada? Birinchi galda tartib-intizomga amal qilishda, o‘rnatilgan qonun-qoidalarni hurmat qilishda. Zero, qonunni ustuvor bilgan tadbirkor aslo qoqilmaydi. Lekin bilib-bilmaymi, xullas belgilangan tartibga rioya qilmaydiganlar ham borligi ayni haqiqat. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida ularning xato-kamchiliklari oshkor bo‘lyapti.

– Samarqand shahrida xususiy tadbirkor Mohira Fozilova savdo-sotiq qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi aniqlandi, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi davlat soliq inspektori Musurmon Mamadiyorov. – Natijada uning savdo do‘konidan 3 million 966 ming so‘mlik 465 quti tamaki mahsulotlari va 168 ming so‘mlik 26,6 litr pivo olib qo‘yildi.

Samarqandlik yakka tartibdagi tadbirkor Shuhrat Sharipov esa xaridorga xizmat ko‘rsatishni uddaladi, lekin nazorat-kassa mashinasidan 54 ming 500 so‘mlik xarid chekini berishni unutib qo‘ydi.

Umid Alimov,

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xodimi.