Tadbirkorlik sub’yektlari diqqatiga!

Respublikamizda ob-havoning sovib ketganligi munosabati bilan elektr energiyasi iste’moliga bo‘lgan talabning oshib ketishi ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlarga olib kelmoqda.

Bu o‘z navbatida, aloqa kanallarida ham texnik nosozliklarni keltirib chiqarib, 2019 yil 25 noyabr holatiga hisobotlarni qabul qilishda muammolar yuzaga keldi.

Ushbu soliq to‘lovchilar to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasida aniq ma’lumotlar mavjud bo‘lib, qayd etilgan ob’yektiv sabablarga ko‘ra, hisobotlarning muddatida topshirilmaganligi uchun tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari va kechiktirilgan kunlar uchun penya summalari hisoblanmasligini ma’lum qilamiz.

Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati.