Tasodifmi yoki taqdir

Mehmonxonadagi ikki janob Brison

1950 yillarning oxirida xizmat safarida bo‘lgan tadbirkor Jorj D.Brison  Kentukkidagi «Brown Hotel» mehmonxonasida qoldi. Brisonga 307-xona kaliti berildi. Bir pasdan so‘ng Jorjmehmonxona xodimidan unga jo‘natilgan biror birxat bor yoki yo‘qligi bilan qiziqdi.

Mehmonxona xodimi esa darhol tadbirkorga 307-xonada istiqomat qilayotgan Jorj D.Brison nomiga yozilgan maktubni uzatdi. Qiziq, maktub muallifi Brison qaysi xonada qolishini qayerdan bilgan ekan? Voqea siri biroz keyinroq ochildi: xat tadbirkorga emas, balki 307-xonada turgan oldingi mehmon, Jorj D.Brisonning to‘liq otdoshi Jorj D.Brisonga yozilgan ekan.

Bir xaloskor va ikki qutqarilish

 

1930 yillarda AQShning Detroyt shahrida yashovchi Jozef Figlok ko‘cha bo‘ylab ketayotgan edi. To‘satdan ko‘p qavatli uyning tepadagi qavatidan bir yosh bola, tom ma’noda Jozefning boshiga qulab tushdi.

Voqea ishtirokchilarining ikkalasi ham yengil qo‘rquv bilan qutulib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, beparvo ona derazani yopishni unutgan, qiziquvchan bola esa derazaga chiqib, hayratda qolgan qutqaruvchining qo‘liga tushib qolgan.

Mo‘’jiza, deysizmi? Oradan roppa-rosa bir yil o‘tib sodir bo‘lgan voqeani nima deb atagan bo‘lardingiz? Jozef aynan shu  ko‘chada ishga ketayotgan edi, to‘satdan o‘sha joyning o‘zida, uyning tepa qavatidan yana o‘sha bolakayning o‘zginasi pastga qarab tushib, tom ma’noda Jozefninng boshiga “qo‘ndi”! Voqea ishtirokchilarining ikkalasi ham yengil jarohatlar bilan qutulib qoldi.

... va bir o‘lim

2002 yilda Finlandiya shimolidagi bir trassada bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan ikkita yo‘l-transport hodisasida yetmish yoshli egizak aka-uka bir soat farq bilan vafot etdi.

Politsiya xodimlarining ta’kidlashicha, uzoq yillar davomida ushbu yo‘lda hech qanday baxtsiz hodisa ro‘y bermagan, shuning uchun bir kunda, bir soat davomida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa haqidagi xabar ularni hayratda qoldirdi. Qurbonlar egizak aka-uka ekanligi aniqlangach, politsiyachilar voqeani aqlbovar qilmaydigan tasodifdan boshqa narsa deb tushuntira olmadi.

Qirol Umbertoning ikkinchi yuzi

Kunlarning birida Italiya qiroli Umberto I tushlik qilish uchun Monsza shahridagi kichik bir restoranga kirdi. Janobi oliylarining buyurtmasini izzat-ikrom bilan restoran egasining o‘zi qabul qildi.

Qirol restoran egasiga qarab, uning ham yuzi, ham tuzilishi aynan o‘ziga o‘xshab turganini angladi. Suhbat qurgan erkaklar ular orasida boshqa o‘xshashliklar ham borligidan hayratga tushdi:

Qirol ham, restoran egasi ham bir shaharda, bir kunda va bir yilda (1844 yil 14 mart)da tug‘ilgan, ularning ikkovi ham Margarita ismli ayollarga uylangan, restoran egasi o‘z muassasasini Umberto I taxtga o‘tirgan kuni ochgan ekan.

Tasodiflar shu bilan tugamadi. 1900 yilda qirolga u vaqti-vaqti bilan tashrif buyurib turadigan restoran egasi baxtsiz hodisada otib o‘ldirilgani haqida xabar berildi. Podshoh ta’ziya izhor etishga ulgurmasdan, uning o‘zi ham aravasini o‘rab turgan olomon orasidan chiqqan anarxist Gaetano Breshi tomonidan otib tashlandi.

Lyudovik XVIning yomon kuni


Fransiyaning bo‘lajak qiroli Lyudovik XVIning shaxsiy munajjimi bolaligida, har oyning 21sanasi u uchun omadsiz kun bo‘lishi haqidaogohlantirgan. Qirol bu bashoratdan shunchalikiztirobda bo‘ldiki, u hech qachon oyning 21 kunigamuhim rejalar tuzmagan.

Biroq hamma narsa qirolga bog‘liq emas edi. 1791 yilning 21 iyunida qirol va qirolicha inqilobiyFransiyadan qochishga urinayotganda hibsga olindi. O‘sha yilning 21 sentyabrida Fransiya o‘zinirespublika deb e’lon qildi. 1793 yilning 21 yanvarida esa qirol Lyudovik XVIning boshigilotinada kesib tashlandi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.