"Ta’zimdamiz sizga, aziz-ustozlar!"

Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘z hayotini eng mashaqqatli va sharafli ishga bag‘ishlab kelayotgan  professional ta’lim tizimi jonkuyar xodimlari va faxriylari uchun bayram dasturxoni va konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbir doirasida ta’lim sohasida o‘rnak bo‘lib, erishgan yutuqlari orqali ta’lim-tarbiya jarayoniga salmoqli hissa qo‘shgan faxriy o‘qituvchilar va murabbiylar hamda bugungi kunda tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan ustoz-murabbiylarning avlodlar uchrashuvi o‘tkazildi.

 Shuningdek, tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘zining yuqori kasb mahorati, yorqin iste’dodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt o‘rtasida hurmat qozongan, faol va tashabbuskor, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh tizim xodimlari “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev hamda viloyat tashkilotlari rahbarlari  ishtirok etishdi.