Termizda Samarqandning 4 nafar xalq baxshicining prorotipi o‘rnatildi
Har qaysi xalqning tarixi va madaniyati, avvalo, uning og‘zaki ijodi – folklor san’atida, doston va eposlarida yashaydi.
Prezidentimizning 2018 yil 1 noyabrda qabul qilingan "Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, har ikki yilda Surxondaryo viloyatida Xalqaro baxshichilik san’ati festivali qadim an’ana va urf odatlarni yoshlarimizga yetkazish, milliy qadriyatlarimizni asrash maqsadida tashkil etildi.
Joriy yilning 2019 yil 5-10 aprel kunlari ushbu festival Termiz shahridagi Surxondaryo san’at saroyi maydonining yon atrofida o‘tkazilib, baxshichilik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, qadim folklor cholg‘ulari va liboslari, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari namoyish etiladi.
Festivalda viloyatimizdan ham 80 nafar madaniyat sohasi vakillaridan iborat delegatsiya Samarqand pavilonini bunyod etishda o‘z mahorat va iste’dodlarini namoyish etmoqda. Ushbu pavilon shahrimizdagi “Shoirlar bog‘i”dagi 4 nafar xalq baxshilarining prototepi o‘rnatilgani bilan ajralib turibdi. Samarqand viloyati musiqali drama teatri qoshidagi folklor etnografik ansambli tomonidan mehmonlarga turli sahna ko‘rinishlari namoyish etiladi.
Shuningdek, Xalqaro baxshichilik festivalida hunarmandlar yarmarkasi tashkil etilmoqda.