Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"To‘palang suv ombori"dan chiqayotgan suv keskin ko‘tarilgani aytilmoqda: Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Bugun 22 iyun kuni soat 08:14 larda mazkur suv omborida suv ko‘tarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, "To‘palang suv ombori" loyihasi quvvati 400 mln. metr kub, amalda 378,87 mln. metr kubni tashkil etmoqda. Suv tashlamasi rejaviy 70 metr kub/sekund, 2022 yil 22 iyun kuni - hozirga vaqtda 110 metr kub/sekundni tashkil etmoqda.

Suv omborining mustahkamligiga ziyon yetmagan, ayni vaqtda chiqarilayotgan suv hajmini kamaytirish ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan “O‘zbekgidroenergo” AJ mazkur voqea yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

"Hozirda "To‘palang suv ombori" qoshida barpo etilgan "To‘palang" GESda 2-komponent modernizatsiya loyihasi amalga oshirilayotganligi munosabati bilan bosimli quvurda sinov ishlari o‘tkazilgan vaqtda quvur to‘sini orqali 40 metr/kub suv chiqqan.

To‘g‘on bilan bog‘liq muammo mavjud emas. Xavotirga o‘rin yo‘q. Ayni paytda ushbu nosozlik to‘liq bartaraf etildi. 40 metr/kub suv to‘liqligicha kanalga yo‘naltirildi".