Surxondaryoda yirik IES qurilishi boshlandi

Majmua oxirgi yillarda yurtimizda barpo etiladigan eng yirik issiqlik elektr stansiyasi bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Surxondaryo viloyati Angor tumanida yangi IES qurilishi boshlab berildi.

Loyihaning umumiy qiymati 1,2 milliard dollar bo‘lib, uning natijasida 1 ming 560 megavatt quvvat yaratiladi, yiliga 12 milliard kilovat-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha doirasida eng zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilib, yiliga 1 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Loyiha Germaniyaning “Siemens Energy”, Fransiyaning “IDEF”, Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyalari tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.