Surxondaryo viloyati ham koronavirusdan xoli hududga aylandi

So‘nggi soatlarda Toshkent shahrida 17, Xorazm viloyatida 2, Surxondaryo viloyatida esa 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

E’tiborlisi, Surxondaryo viloyati ham Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari kabi koronavirusdan xoli hududlar safiga qo‘shildi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2369 nafarga yetdi.