Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlash maqsadida 20 ming askarni safarbar etishni rejalashtirmoqda

Bu haqda RIA Novosti Tojikiston davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Avvalroq Tolibon vakili afg‘on-tojik chegara hududlarining 70 foizi nazoratga olinganini aytdi. Tolibonlar bilan to‘qnashuvlar natijasida mingdan ortiq afg‘on harbiylari Tojikiston chegarasini kesib o‘tdi.

Prezident Imomali Rahmon Mudofaa vaziri Sherali Mirzoga Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida harbiy kuchlarni safarbar etishni buyurdi, deya ma’lum qildi agentlik.

BMTning ma’lum qilishicha, Tolibon Afg‘onistondagi 370 tumandan 50 tasini egallab oldi. Ammo respublikada vaziyat nazoratdan chiqmaydi, deb umid qilishmoqda.

AQSh va «Tolibon» AQSh qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqish to‘g‘risidagi shartnomani 2020 yil fevral oyida imzolagan edi. Rejaga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari 1 mayga qadar o‘z kontingentini olib chiqib ketishi kerak edi, ammo Jo Bayden Amerika harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqish 11 sentyabrga qadar amalga oshirilishini bildirdi.