Tolibon xavfsizlik xizmati rahbari portlashda halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi “Tolibon” xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Mavlaviy Abdul Haq portlash oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi Aamaj News.

Portlash Fayzobod shahrida (Badaxshon viloyati ma’muriy markazi) Tolibon xavfsizlik xizmati bosh qarorgohiga kiraverishda sodir bo‘lgan.

Harakat vakolatxonasi hozircha hodisaga rasman izoh bermadi, deya ta’kidlaydi agentlik. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlarning hech biri hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

OAVning xabar berishicha, bir kun oldin kechqurun Kobulda, Rossiya elchixonasi yaqinida, Dar-ul-Aman diplomatik okrugida portlovchi qurilma ishga tushgan. Ushbu portlash xarakteri va qurbonlari haqida ma’lumot yo‘q.