Afg‘onistonda ayollar bilan bog‘liq cheklovlardan so‘ng yuzlab xalqaro yordam tashkilotlari faoliyatini to‘xtatmoqda, bu ko‘plab aholi uchun halokatli bo‘lishi mumkin
Gumanitar tashkilotlar o‘z faoliyatini to‘xtatish qaroriga Tolibon harakatining ayollarga nohukumat tashkilotlarda ishlashni taqiqlaganidan keyin kelindi. Bunday tashkilotlar mamlakatda 180 dan ortiqdir.
Xalqaro yordam agentliklari vakillari bu oziq-ovqat va iqtisodiy inqiroz sharoitida aholi uchun halokatli bo‘lishidan ogohlantirmoqda.
"Biz Afg‘oniston iqtisodiyoti inqirozga uchragan va iqtisodiyotni tiklash uchun ayollar ishchi kuchiga muhtoj bo‘lgan eng ziddiyatli vaqtga to‘g‘ri kelgan bir paytda Tolibon hukumatini bu qarorni imkon qadar tezroq bekor qilishga chaqiramiz", deydi Afg‘onistondagi qochqinlar bo‘yicha Norvegiya kengashi direktori Nil Tyorner.
Tolibon Iqtisodiyot vazirligida ayollarning nodavlat tashkilotlarda ishlashi taqiqlangani sababini ayrimlarining hijobni to‘g‘ri kiymagani bilan izohlangan. Bu chora Afg‘onistonda ayollarning huquq va erkinliklariga qo‘yilgan boshqa cheklovlar bilan bir qatorda turibdi.
O‘tgan hafta boshida rasmiylar qizlarning universitetda o‘qishini taqiqlab qo‘ygandi, shuningdek, kiyinish qoidalarini buzgan deb ayblangani uchun xalqaro hamjamiyat noroziligi va Afg‘oniston shaharlarida namoyishlarga sabab bo‘ldi.
So‘nggi kunlarda Kobulda xavfsizlik choralari kuchaytirildi, ko‘chalarda ko‘proq nazorat-o‘tkazish punktlari, zirhli texnika, Tolibon maxsus kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi kuchlar shay holda turibdi.