Tomorqachilarga 7 foiz stavkada imtiyozli kredit beriladi
Kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish borasida ko‘riladigan qator chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lum qilindi:
▪️oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ishsiz aholi va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 13 trillion so‘m beriladi;
▪️paxta va g‘alladan bo‘shaydigan 200 ming gektar maydonning 80 ming gektari aholiga beriladi;
▪️meva-sabzavot loyihalariga 100 million dollar va meva-sabzavot klasterlariga 2 trillion so‘m resurs yo‘naltiriladi;
▪️aholi bandligini ta’minlashda 500 ming gektardan ziyod tomorqalardan samarali foydalanish uchun kelgusi yilda 100 million dollar yo‘naltiriladi;
▪️aholi tomorqasida dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish uchun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi.
Hokim yordamchilari bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, tomorqasi bo‘lgan xonadonlarda 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qo‘y va echki, kamida 5-10 ta kurka, 5 ta asalari uyalari boqilishini tashkil etishga ko‘maklashishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.