Urgutda imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan korxona rahbariga nisbatan jinoyat ishi ochildi
- 26.01.2023 10:43
- 275
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.J.” MChJ rahbari S.B. issiqxona qurish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan 416 million so‘mlik metall buyumlarini naqd pulga sotib, kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.