Imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan korxona rahbari va ta’sischiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- 05.12.2022 16:31
- 312
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag‘larining talon-toroj qilinishi bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan o‘z vaqtida qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.T.” MChJ rahbari va ta’sischisi tijorat banki filialidan ajratilgan 269 mln. so‘m imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan issiqxona qurilishi materiallarini boshqa shaxslarga sotib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
imtiyozli kredit
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!