Toshdan Registon yasagan askar (foto)

Markaziy harbiy okrugga qarashli harbiy qismda shartnoma asosida xizmat qilayotgan oddiy askar Qobiljon Mamadaliyev yuzga yaqin landshaftli bezaklar yaratgan.

1994 yilda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan Qobiljon 2016 yilda muddatli harbiy xizmatni o‘tab, shartnoma bo‘yicha xizmatga qolgan.

Qo‘li gul askar hozirga qadar “Men g‘olibman”, “Buyuk siymolar” nomli hamda ko‘plab boshqa landshaftli bezaklarni yasab, harbiy qism ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda. Qobiljonning tosh parchalaridan yaratgan Registon maydonining maketi ham ko‘rgan ko‘zni quvontiradi.

Qobiljon Mamadaliyev hozirda Amir Temur siymosi va “Temur tuzuklari” kitobi ramzini zamonaviy yondashuv asosida yaratmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.