Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, hududda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarni hisobga olgan holda Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatib, “Raqamli iqtisodiyot”, “Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti”, “Agrobiznes va marketing”, “Buxgalteriya hisobi va audit” shuningdek, viloyatda ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha nazariy-amaliy ko‘nikmalarni egallagan malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.