Toshkentda 70 yoshli bemor koronavirusni yengdi
- 16.04.2020 18:16
- 112
- COVID-19
Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 1 nafar bemor butkul sog‘aydi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.
Sog‘aygan bemor 70 yoshda bo‘lib, Toshkent shahrida yashaydi. U muloqot orqali koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar unda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, ushbu klinikada hozirga qadar darddan forig‘ bo‘lganlar 11 nafarga yetdi.
Ayni paytda klinikada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro stantdartlar asosida muolajalar olib borilmoqda. Bunda malakali pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi mutaxassislar bilan telemuloqot o‘rnatilib, zarur tavsiyalar olinmoqda.
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 129 nafarga yetdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa