Toshkentda ham kuchli qor yog‘ishi ko‘plab daraxtlarning sinishiga, elektr tarmoqlarida uzilishlar va gaz quvurlarining shikastlanishiga sabab bo‘ldi (foto)
8 apreldan 9 aprel kuniga o‘tar kechasi Toshkentda ham kuchli qor yog‘ishi oqibatida ko‘plab daraxtlarning sinishiga, elektr tarmoqlarida uzilishlar va gaz quvurlarining shikastlanishiga sabab bo‘ldi.
Jami 44 ta elektr tarmoqlarida uzilish kuzatildi, 31 ta holat ertalab soat 10:00 ga qadar bartaraf etilib, hozirda 13 ta elektr tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, 20 ta gaz tarmoqlarining uzilishi kuzatilib, 7 ta holat ertalab soat 10:00 ga qadar bartaraf etildi. Hozirda 13 ta manzillarda gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etishga barcha kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarining tegishli kuch va vositalari jalb qilingan.