Toyloqda 7 oyda 140 ta xronometraj o‘tkazildi
Pul tushumlari, norasmiy xodimlar soniga doir asl vaziyatga oydinlik kiritishda, xufiyona iqtisodiyotga barham berishda xronometraj tadbirlari muhim o‘rin tutadi. Joriy yilning o‘tgan davrida Toyloq tumani davlat soliq inspeksiya xodimlari tomonidan 140 ta xronometraj o‘tkazildi.
Xronometraj tadbirlari davomida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan 27 nafar xodim faoliyat yuritayotgani aniqlandi. Pul tushumlari ko‘rsatkichlarida ham o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidlash lozim. Jumladan, xrometraj o‘tkazilgan kunda pul tushumi jami 717 million 301 ming 850 so‘mni tashkil qildi. Shundan naqd pul 497 million 167 ming 900 so‘mni, bank terminali orqali to‘lov 220 million 133 ming 950 so‘mni tashkil etdi.
Xronometraj o‘tkazilgandan bir hafta oldingi jami pul tushumi 505 million 273 ming 500 so‘m bo‘lgan. Shundan naqd pul 267 million 958 ming 300 so‘mni, bank plastik kartochkalari orqali to‘lov 237 million 315 ming 200 so‘mni tashkil etganini ta’kidlash kerak.
Samarqand viloyati davlat
soliq boshqarmasi Axborot xizmati.