Tramp 24 soat ichida Ukrainada kelishuvga erisha olishini aytdi

Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi vaziyatni bir kunda hal qilishi mumkin, deb hisoblaydi.

"Men prezident sifatida 24 soat ichida bu vaziyatni hal qila olaman", dedi Tramp respublika partiyasining konservativ konferensiyasidagi nutqi oldidan jurnalistlarga. Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu qiyin bo‘lmaydi".

“Buni hozir hal qilish kerak, - dedi u. - Agar odamlar nima qilayotganlarini tushunsalar, buni 24 soat ichida hal qilish mumkin edi", deya qo‘shimcha qildi respublikachi.

Tramp kelishuvga qanday erishish mumkinligini tushuntirishdan bosh tortdi. "Qandayligini aniq aytmayman. Chunki aytsam, buni uddalay olmagan bo‘lardim", - deydi u. - Bu juda oddiy bo‘lardi".

"Men buni 24 soat ichida qilgan bo‘lardim. Buning uchun men prezident bo‘lishim, vakolatlar, lavozim kerak", deya takrorladi Tramp.