Tuman tushganda avtomobil boshqarish bo‘yicha 5 maslahat

So‘nggi vaqtlar joylarda tuman tushishi hodisasi tez-tez yuz bermoqda. Bu haydovchilar uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi.

Ammo quyidagi oddiy tavsiyalarimizga amal qilsangiz muammoni osongina hal etishingiz mumkin.

✔️ Yo‘lga chiqishdan avval chiroq moslamalarini tekshiring. Yoqib ko‘ring, tashqi tekshiruv o‘tkazing.
✔️ Yo‘lda tumanga qarshi faralarni albatta yoqib oling. Avtoulovdagi barcha yoritgichlarni ishga tushirish shart emas. Sababi tuman barcha yorug‘likni o‘zingizga qaytarib, yo‘l hodisasi yuzaga kelish ehtimolini oshiradi.
✔️ Tumanli hududga kirishdan avval iqlim-nazorati: pech yoki konditsionerni yoqing. Ular kondensat yuzaga kelishining oldini oladi.
✔️ Zarur holatda tezkor qaror qabul qilish uchun masofani saqlang. Masofa kattaroq bo‘lgani maqsadga muvofiq.
✔️ Yo‘lda shoshilmang. Yuqori tezlikda harakatlanganda yo‘lni ko‘rish imkoniyati past sharoitda tezkor chora qabul qilish murakkab bo‘ladi.