Turkiya: Odamlar tunni chodirda o‘tkazdi
- 25.11.2022 14:17
- 50
- Xorij

23 noyabr kuni tongda ro‘y bergan zilzila Turkiya shimoli-g‘arbidagi Dyuzje viloyatining Golkaya shahrida aholi orasida vahima qo‘zg‘atdi. Odamlar aftershoklardan qo‘rqib uylariga qaytishmadi. Ular chodirli shaharcha qurilishini mamnuniyat qarshi olishdi.
Zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 5,9 ballga yetgan. Kamida 68 kishi jarohat olgan. Jiddiy zarar qayd etilmagan.
Rasmiylarning aytishicha, 710 kishini yostig‘ini quritgan 1999 yilgi zilziladan keyin hududdagi binolarning 80 foizga yaqini qayta qurilgan yoki mustahkamlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ishsizlik muammosiga yechim xorijga ketishmi?
- Kecha, 18:01
- Iqtisodiyot
Suvni tejashni qachon o‘rganamiz?
- Kecha, 13:03
- Qishloq xo'jaligi