Turkiya va Suriyada vayronkor zilzila: So‘nggi ma’lumotlar
- 06.02.2023 10:39
- 157
- Xorij

▪️ Kaxramanmarash viloyatida (janubiy-sharq) zilzila soat 04:17 da sodir bo‘lgan;
▪️ magnitudasi: hukumat ma’lumotlariga ko‘ra - 7,4, Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmik markazi ma’lumotlariga ko‘ra - 7,5 dan 7,8 gacha;
▪️ 6 ta mintaqada - Hatay, Adana, Usmoniya, Diyarbakir, Malatya va Shanliurfada zilzila sezilgan;
▪️ yuzlab binolar vayron bo‘lgan, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab 76 kishi halok bo‘lgan, 500 yaqin kishi jarohatlangan;
▪️ kamida 22 ta zilzila qaytishi bo‘lgan, eng kuchlisi 6,6 magnitudali;
▪️ xalqaro yordamni nazarda tutuvchi ogohlantirish darajasi e’lon qilingan;
▪️ Suriyada ham - Latakiya, Halab, Xama viloyatlaridagi ko‘plab binolar vayron bo‘lgan, kamida 100 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ziyod yaralangan, deyiladi Al-Hadath telekanali xabarida.
▪️ yer silkinishlarini Livan poytaxti Bayrutda ham sezilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ibratli voqea: Ota duosi
- Kecha, 18:39
- Mutolaa
Keksalar hayoti – yoshlar uchun ibrat
- Kecha, 14:49
- Ta’lim