Uch marta mast holatda transport vositasini boshqargan haydovchi 15 sutkaga qamaldi
- 11.02.2020 15:39
- 182
- Jinoyat va jazo
Bir yil mobaynida 3 marta mast holda transport vositasini boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Bir marta voyaga yetmagan qiz bolani urib yuborib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish o‘rniga voqea joyidan ketib qolganligi uchun belgilangan jazo choralariga qaramasdan, yana takroran transport vositasini mast holda boshqargan haydovchi M.R.ga nisbatan sud qarori e’lon qilindi.
Ushbu qoidabuzar haydovchiga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi 2-qismiga ko‘ra, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.
IIV YHXBB haydovchilarni yo‘llarda harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini, transport vositasini spirtli ichimlik ichgan holda boshqarmaslikni so‘rab qoladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 3 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand