Urgutdagi postdan niqobsiz o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs qamaldi
Urgut tumanida istiqomat qiluvchi B.N. 2020 yil 25 aprel kuni soat 15:50 larda jamoat joyida niqobsiz holda, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB, YHXB, DXX, Milliy gvardiya xodimlari xizmat olib borayotgan Urgut shahar Bog‘ishamol mahallasi hududidan o‘tgan “Urgut-Qoratepa” avtomobil yo‘lidagi blok-postga kirib kelganida, unga karantin qoidalariga rioya qilishini tushuntirib, niqob taqib olishni talab qilgan IIB xodimining qonuniy talabini bajarmasdan, huquqbuzarlikni davom ettirib, ommani o‘ziga jalb qilgan. Uning fuqarolarni ichki ishlar xodimlariga bo‘ysunmaslikka da’vat qilib, qarshilik ko‘rsatganligi aniqlangan va ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Urgut tumani ma’muriy sudining qarori bilan B.N. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi, 194-moddasi
1-qismi va 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilganlikda ayblanib, unga nisbatan 15 sutka qamoqqa olish jazosi tayinlandi.