Urush qatnashchisi pensiyasiga ustama qo‘shiladimi?
- 10.07.2024 16:33
- 67
- So'ragan edingiz
Gazetada urush qatnashchilarining pensiyasiga pul qo‘shiladi, deb o‘qigan edim. Buning uchun qayerga murojaat qilish kerak?
A.Rahmatov.
- O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasida pensiyalarga ustamalar berish tartibi belgilangan.
Unga ko‘ra, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarning pensiya pullariga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida ustama beriladi. Bugungi kunda pensiyaning bazaviy hisoblash miqdori 372 ming so‘m va uning 50 foizi 186 ming so‘mni tashkil qiladi.
Ustama olish uchun fuqaroning urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs ekanligini tasdiqlovchi ma’lumot (guvohnoma) bilan Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘limlariga murojaat qilish mumkin.
Savolga Samarqand shahar byujetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bosh mutaxassisi Zebiniso Uzoqova javob berdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa