Urushdan so‘ng chegaralarning cheki bo‘lganmi?

Lixtenshteyn Ikkinchi jahon urushi oxirida musodara qilingan yerini Chexiya hisobiga o‘n baravar kengaytirmoqchi. Xalqaro Yevropa sudiga bu haqda tegishli da’vo arizasi taqdim etilgan.

Yevropada urushdan keyin chegaralarning bunday o‘zgarishi ko‘p bo‘lgan. Misol uchun, 1951 yilda SSSR va Polsha Lvov yaqinida har biri 480 kilometr kvadratdan hududni almashishgan. Bundan avval 1947 yilda SSSR Murmansk oblastida Pechenga posyolkasi yaqinida Finlyandiyadan 176 kilometr kvadrat yerni o‘z hududiga qo‘shib olgan.

Unutmaslik kerakki, yaqin tarixda Yevropaning bir necha mamlakatlari – Chexoslovakiya, Yugoslaviya va SSSR tarqab ketdi, GDR va GFR birlashdi.

«AiF» (2020 yil, 38-son) materiallari asosida Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.