Uylanishni va’da qilib, va’dasida turmagan erkak avtomobilsiz qoldi
- 20.09.2020 12:59
- 727
- Hodisa

2020 yil 19 sentyabr kuni soat 04.10 da Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 11 kvartalda 19 yoshli Qashqadaryo viloyatilik Sitora G. tomonidan 23 yoshli Qashqadaryo viloyatilik Asilbek N.ga tegishli bo‘lgan Lacetti Jentra rusumli (davlat raqami 01 A 149 LB) avtomobil yoqib yuborilgan.
Tergov oldi tekshiruvlari davomida aniqlanishicha, vaqtinchalik Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi Sitora G. va jabrlanuvchi o‘rtasida ma’lum vaqt muhabbat bo‘lgan. Asilbek keyinchalik Sitoraga uylanishini va’da qilgan, ammo va’dasida turmagan.
Umidsizlikda qolgan qiz yigitning avtomobiliga ichidan va tashqarisidan benzin quyib, yoqib yuborgan.
Toshkent IIBB xabariga ko‘ra, hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Teglar:
YTH
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 19/04, 14:17
- Jinoyat va jazo