"Uzbekistan Airways"ning mahalliy va xalqaro yo‘nalishdagi qator reyslari kechiktirildi
"Uzbekistan Airways"ning 22 noyabrdagi mahalliy va xalqaro yo‘nalishdagi qator reyslari noqulay ob-havo sharoiti tufayli kechiktirildi.
Aviakompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, HY-9616 "Moskva—Urganch" qatnovi Navoiy aeroportiga yo‘naltirildi. Ushbu yo‘nalishdagi qatnov belgilangan manzilga yetib borgan. HY-9615 "Urganch—Moskva" qatnovi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketgan.
HY-081 "Toshkent—Farg‘ona", HY-339 "Farg‘ona—Dubay", HY-340 "Dubay—Farg‘ona", HY-072/HY-071 "Farg‘ona—Samarqand—Farg‘ona", HY-082 "Farg‘ona—Toshkent" qatnovlari, shuningdek, HY-053 "Toshkent—Urganch", HY-279/HY-280 "Urganch—Istanbul—Urganch" va HY-054 "Urganch—Toshkent", HY-074/HY-073 "Buxoro—Namangan—Buxoro", HY-9626/HY-9625 "Moskva—Nukus—Moskva" va HY-9606 "Moskva—Samarqand" reyslari kechikib amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, HY-745/HY-746 "Toshkent—Tbilisi—Toshkent" qatnovlari ham kechiktirilgan.
Aviakompaniya matbuot xizmati yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib, keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va kutib oluvchilardan uzr so‘ragan.