Viloyat hokimi davlat tiliga hurmatsizlik haqida yozdi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘zining facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi  va veb-saytida  “Do‘konlardagi chalasavod yozuvlar davlat tiliga bo‘lgan hurmatsizlik emasmi?!” hamda “Notarial idorada savodxonlik va tartib yo‘qmi?” nomli postlari bilan tanqidiy chiqish qildi.

Maqolada bugungi kunning dolzarb mavzusi bo‘lgan savodsizlik masalasi, mutasaddilarning befarqligi hamda reklama sohasidagi e’tiborsizliklar tilga olingan.

Ushbu postlarga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ham ko‘plab fikr va mulohazalar bildirilgan.

Erkinjon Turdimov Kattaqo‘rg‘on va Oqdaryo tumanlari misolidagi ushbu postlari orqali Samarqand viloyatidagi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlariga zaruriy xulosa chiqarish zarurligini eslatib o‘tgan.