Viloyat hokimi Osiyo hamda Paraosiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirladi

Samarqand shahridagi Boqiy shahar majmuasida Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo hamda IV paraosiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, sportchilarni tabrikladi va keyingi musobaqalarda muvaffaqiyat tiladi.

Osiyo va Paraosiyo  o‘yinlarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan  sportchilarga pul mukofotlari, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, yil boshidan buyon xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib kelayotgan sportchilar ham taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarida viloyatimizdan 18 ta sport turi bo‘yicha 48 nafar sportchi ishtirok etib,  13 ta medal (5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza)ni,   Paraosiyo o‘yinlarida 12 nafar samarqandlik para sportchi 5 ta sport turi bo‘yicha 8 ta medal (2 ta oltin, 6 ta bronza)ni qo‘lga kiritgan edi.

***

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan samarqandlik sportchilarni taqdirlash uchun 3 milliard 36 million so‘m ajratildi

Oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarga 99, treneriga 66 million so‘m;

Kumush medal uchun sportchiga 66, treneriga 33 million so‘m.

Bronza medali uchun sportchiga 33, treneriga 16 million 500 ming so‘m pul mukofoti topshirildi