Viloyat hokimining eng faol o‘rinbosari kim? So‘rovnoma yakunlandi

Xabaringiz bor, 10 dekabrda Zarnews.uz da “Samarqand viloyati hokimining qaysi o‘rinbosarini bugungi kunda eng faol deb hisoblaysiz?” savoli bilan so‘rovnoma e’lon qilindi.

So‘rovnomaga viloyat hokimining 8 nafar o‘rinbosari lavozimi hamda ism-shariflari keltirildi.

E’tiborlisi, o‘tgan uch kun davomida faol hokim o‘rinbosarini aniqlashda 75 mingga yaqin viloyatdoshimiz ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, viloyat hokimining ayrim o‘rinbosarlari 20 dan ortiq boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlasa, ayrim o‘rinbosarlar faoliyat funksiyasidan kelib chiqib, faqat bir nechta yo‘nalishdagi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Aytish lozimki, ovozlarni aniqlashda mazkur omillarning ham ta’siri qisman sezildi. E’tiborlisi, respublika va boshqa viloyatlar idoralari vakillari ham ovoz berish jarayonlariga qo‘shilganiga guvoh bo‘ldik.

Xulosa shuki, hatto eng kam ovoz olgan nomzodni ham viloyat bo‘yicha minglab aholi eng faol deb hisoblashi ma’lum bo‘ldi. Bu esa boshqaruv organlari vakillariga nisbatan keyingi yillarda aholining munosabati ancha o‘zgardi demakdir.

So‘rovnoma natijalari quyidagicha:

Viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov — 27 foiz (19 853 ta ovoz).

Viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akmal Shukurov — 6 foiz (4 642 ta ovoz).

Viloyat hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Oybek Xodjayev — 4 foiz (2 738 ta ovoz).

Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Feruz Abilov — 5 foiz (4 104 ta ovoz).

Viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros, ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Nurullayev — 12 foiz (9 184 ta ovoz).

Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Ochilov — 33 foiz (24 472 ta ovoz).

Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Dilshod Mamadqulov — 2 foiz (1 596 ta ovoz).

Viloyat hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Asqar Umarov — 11 foiz (8 308 ta ovoz).