Putin neftni "shift" narxlarda sotishni taqiqladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “shift”, ya’ni chegara narx qo‘llaydigan mamlakatlar va kompaniyalarga neft yetkazib berishni taqiqlovchi farmonni imzoladi.
Taqiq 1 fevraldan kuchga kiradi va kamida 1 iyulgacha amal qiladi. Shu bilan birga, hujjatda istisnolar davlat rahbarining maxsus ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkinligi ta’kidlangan.
Dekabr oyi boshida Yevropa Ittifoqi, G7 davlatlari va Avstraliya bir barrel uchun 60 yevrodan yuqori chegarani joriy qildi. Shu bilan birga, Rossiya neftini dengiz orqali tashish taqiqlandi.
Ushbu qoidani ishlab chiqish jarayonidayoq Rossiya rasmiylari zarariga savdo qilmasliklarini ta’kidlashdi. Shu bilan birga, Vladimir Putin Rossiya byudjeti narxlar chegarasidan zarar ko‘rmasligini aytdi. Biroq, bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novakning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarishni 5-7 foizga qisqartirishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Hozirda Moskva gazning "shift" narxiga javob berish ustida ishlamoqda: bir hafta oldin Yevropa Ittifoqi fevral oyining o‘rtalaridan boshlab xaridlar narxini megavatt/soatiga 180 yevrogacha cheklashini e’lon qilgan. Vaholanki, bu bugungi spot (bitim bo‘yicha to‘lov darhol amalga oshiriladigan hisob-kitob shartlari) narxlardan ikki baravar yuqori.