Vuchich prezidentlikda qoldi

Aleksandr Vuchich Serbiyadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini ma’lum qildi.

Ovoz berish kuni oxirida u 60 foizdan ko‘proq ovoz olganini ma’lum qildi. Amaldagi davlat rahbari birinchi turda ikki marta saylovda g‘alaba qozonganini eslatdi.

“O‘ylaymanki, oldimizda hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar ko‘p, lekin Serbiya uchun eng muhimi - mintaqada yaxshi munosabatlarga ega bo‘lish, YeIga yo‘lni davom ettirish, lekin an’anaviy hamkorlar bilan aloqalarni buzmaslikdir”, dedi Vuchich.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning eng yaqin raqibi, sobiq armiya generali Zdravko Ponosh, taxminan 17 foiz ovoz olgan. Serbiya prezidentligi uchun jami sakkiz nomzod kurash olib bordi, ularning barchasi saylovda sezilarli farq bilan yutqazdi.

Vuchich ikkinchi prezidentlik muddati davomida Serbiya harbiy betaraflikni saqlab qoladi va harbiy ittifoqlarga kirmaydi, deb va’da qilmoqda. Siyosatchi manfaatlar muvozanatiga «o‘yin tikmoqchi». Serbiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashdan o‘zini tiygan yagona Yevropa Ittifoqi nomzodi bo‘lib qolmoqda.