Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 72 sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-43-sonli qarorining ijrosi yuzasidan viloyat prokurori J.Hatamovning hisoboti;
- Pastdarg‘om tuman hokimi Sh.Xudoyberdiyev va sektor rahbarlarining tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti;
- Viloyat Transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.Ashurovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 iyuldagi “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-316-sonli qarori ijrosi yuzasidan hisoboti;
- Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i D.Jumaniyazovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2022 yil 5 maydagi 38-sonli videoselektor yig‘ilish bayoni ijrosi yuzasidan hisoboti;
- Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sultonovning viloyatda xalq ta’limi tizimini isloh qilish dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hisoboti;
- Samarqand viloyati mahalliy byudjetida 2022 yilda maqbullashtirilgan mablag‘larni maqsadli tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-sonli qaroriga asosan Urgut tumanida turizm hududlarini rivojlantirish bo‘yicha master-rejalari ishlab chiqiladigan hududlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 avgustdagi “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 435-sonli qaroriga asosan viloyatning shahar va tumanlarida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasidagi infratuzilma ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha bosh loyiha va pudrat tashkilotlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Viloyat hokimligining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Viloyat hokimining 2022 yil 9 sentyabrdagi “Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati ish yurituvida qonuniylikni ta’minlash to‘g‘risida”gi 362-7-0-Q/22-conli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.