Xarid cheki oldingizmi?
Do‘konga kirgan xaridor o‘ziga kerakli mahsulotlarni olib, sotuvchiga naqd pul to‘ladi. Xarid cheki olishni esa xayoliga keltirmadi. Xo‘sh, u to‘g‘ri yo‘l tutdimi?
Albatta, yo‘q.
Vaholanki, xaridor xaridi uchun chekni talab qilish orqali soliqlarning byudjetga tushishini to‘liq ta’minlashga, tadbirkorni mavjud qonun qoidalarga rioya qilishga o‘rgatadi.
Soliqlarning davlat byudjetiga to‘liq va o‘z vaqtida undirilishi esa farzandlarimizning sifatli ta’lim olishiga, bepul va sifatli tibbiyot ko‘rsatilishiga, harbiylarimizning qudratli, chegaralarimiz mustahkamligiga, qishloqlarimizning obod, yo‘llarimizning ravon bo‘lishiga, kam ta’minlangan oilalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilinishiga imkoniyat yaratadi.
Shunday ekan, xarid chekini olishni unutmang! Zero, Siz uchun arzimas ko‘ringan chekni talab qilish orqali tadbirkorning qonuniy ishlashini, davlat byudjetiga to‘lovlarning to‘liq undirilishini ta’minlaysiz.
Samarqand viloyat
Davlat soliq boshqarmasi.