XDP taksichilik faoliyati bo‘yicha Konstitutsiyaga zid bo‘lgan tartibni bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi

Partiya fraksiyasi Transport vazirini Oliy Majlisga chaqirtirdi.
"Toshkent shahrida yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanishga oid joriy qilingan cheklov keng jamoatchilik tomonidan turli fikr va e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Partiya buning qonunchilikka zidligini qayd etib, yo‘nalishsiz taksilar bo‘yicha cheklov joriy qilishga hech qanday huquqiy asoslar yo‘qligini bildirdi. Aksincha, "Konstitutsiyaviy me’yorlarga zid kelayotgan jihatlari yaqqol ko‘rinib turibdi", deyiladi XDP munosabatida.