Xitoy Savdo-sanoat palatasi samarqandlik tadbirkorlar faoliyati bilan qiziqdi
Xitoy Xalq Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbari Pan Fuhua boshchiligidagi tadbirkorlar delegatsiyasi Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasiga keldi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xitoy tomonidan qurilish mahsulotlari, elektrotexnika, quyosh panellari, kiyim-kechak va metallurgiya sanoati tarmoqlari yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar viloyatimizda ish olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘zaro suhbat qildi.
Tadbir yakunida tomonlar bugungi zamonga mos va eng kerakli bo‘lgan mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik kelishuvlarini imzoladilar.